09 mar 16:05
Yangiliklar
Rabotda (Marokash) Karate 1 Premer-ligasining to'rtinchi bosqichi bekor qilindi
Tadbirni bekor qilish tashabbusi Marokash hukumati tomonidan ko'rsatilgan bo'lib, u Covid-19 (koronavirus) epidemiyasiga qarshi kurashish uchun favqulodda choralar elon qildi. SHu munosabat bilan mamlakatda barcha xalqaro sport musobaqalari, jumladan, karate turniri ham bekor qilindi. Jahon karate federaciyasiga 6 mart kuni turnir bekor qilingani malum qilindi.
Ayni paytda WKF Ijroiya qo'mitasi Xalqaro Olimpiya qo'mitasi bilan hamkorlikda Tokio o'yinlari uchun kvalifikaciya saralash tizimiga aniqlik kiritish uchun barcha echimlar ustida ish olib bormoqda.
Jahon karate federaciyasi va O'zbekiston milliy karate federaciyasi dunyodagi murakkab epidemiologik vaziyat oqibatida yuzaga kelgan noqulayliklar uchun sportchilar, murabbiylar va muxlislardan o'z uzrini so'raydi.
O'KMF matbuot xizmati
Fikrlar