23 sen 16:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Rafael Fiziev: "Pereyra bilan jangda Adesanyaning imkoniyati yuqoriroq"
UFC jangchisi Rafael Fiziev Israel Adesanya va Aleks Pereyra o'rtasidagi bo'lajak jang haqida fikr bildirdi.
"Bu ajoyib jang. Lekin o'ylashimcha, g'alaba uchun Adesanyaning imkoniyati ko'proq. Pereyraning MMAdagi janglari nechta? Umuman olganda ko'p emas. Adesanya bu eng yaxshi sport turi ekanini tushunadi. Agar biz ularning kikboksing bo'yicha jangini ko'rsak, Adesanya ochkolar evaziga g'alaba qozonadi.
Pereyra unga hozircha bitta ham zarba yo'llay olmaydi. Lekin Adesanya kikboksingdan ko'ra MMA bo'yicha o'zini Pereyradan tajribaliroq his qiladi. Imkoniyat unda ko'proq bo'lishi aniq", - deya Fizievning so'zlarini keltiradi MMA News nashri.
Israel Adesanya va Aleks Pereyra o'rtasidagi jang 12 noyabr kuni Nyu-Yorkda bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar