08 dek 10:35
Yangiliklar

Rafael Fiziev va Joze Aldo UFC reytingida ko'tarildi
Qirg'izistonlik Rafael Fiziev yakshanba tongida Yangi Zelandiya vakili Bred Riddellni nokautga uchratgan edi. Ushbu g'alaba evaziga Fiziev yangilangan reytingda 14-pog'onadan 11-o'ringa ko'tarilib oldi. Bu bilan "Ataman" TOP-10`ga yaqinlashib oldi.
Fiziev joylashgan vaznda CHarlz Oliveyra amaldagi chempion, uning shu hafta o'tkaziladigan jangdagi raqibi Dastin Pore esa birinchi o'rinni egallab turibdi. Kuchli beshlikdan Beneil Dariush, Islam Maxachev va Maykl CHenlder joy olgan. Dariush va Maxachev o'zaro jangda to'qnash kelishlarini ham eslatib o'tish joiz bo'lsa kerak.
UFC on ESPN 31 turnirining yana bir ishtirokchisi, yarim engil vaznda sobiq UFC chempioni Joze Aldo ham reytingdagi o'z o'rnini birmuncha yaxshilab oldi. U yakshanba tongida Rob Fontni ochkolar hisobiga ko'ra taslim etgandi. Braziliyalik afsonaviy jangchi 5-pog'onadan 3-o'ringa ko'tarildi. Aldodan oldingi o'rinlarni Ti Jey Dillashou va Petr Yan band etishgan.
Fikrlar