05 iyu 10:49
Yangiliklar
Rahmonov va Islomov 1/2 finalda, Navro'zov va Abdurahmonovda kutilmagan mag'lubiyat
Ayni daqiqalarda erkin kurash bo'yicha saralash bellashuvlari o'tkazilyapti. Afsuski, Olimpiada sovrindorlari Bekzod Abdurahmonov va Ixtiyor Navro'zov o'zlarining ilk uchrashuvlarida mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi.
74 kg vazn toifasida kurashgan Navro'zov 1/4 finalda slovakiyalik Taymuraz Salkazanov 0-3, 86 kg vazndagi kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov esa 1/4 finalda qozog'istonlik Azamat Dauletbekovga 0-8 hisobida imkoniyatni boy berdi.
65 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Abbos Rahmonov murosasiz kechgan 1/4 final uchrashuvining so'nggi soniyasida mag'lubiyatni g'alabaga aylantira oldi. Navoiylik kurashchimiz hindistonlik Bajrang Bajrangdan 5-3 hisobida ustun keldi.
SHuningdek, Bobur Islomov ham 1/2 final ishtirokchisiga aylandi. 86 kg vazndagi hamyurtimiz 1/4 finalda qozog'istonlik Abilayxan Nursultanovdan 10-5 hisobida ustun keldi. Uning yarim finaldagi raqibi Boris Makoev (Slovakiya) bo'ladi.
Fikrlar