25 iyu 23:01
Yangiliklar
Boks/MMA
RAMAZON TEMIROV ISHTIROKIDAGI CO MAIN EVENT JANGI BIRINCHI RAUNDDA YAKUNLANDI!
O'zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirov BAAning Abu-Dabi shahri mezbonligidagi UFC Fight Night 282 turnirida ishtirok etdi.
Hamyurtimiz o'ta engil vazn toifasida UFC reytingida o'ninchi o'rinni egallab turgan, ikki marta titul uchun jang qilgan avstraliyalik Stiv Erceg bilan bahs olib bordi.
Ramazon Temirov 3 raundlik co main event bahsida birinchi raundning o'zida NOKAUTGA UCHRATDI!!!
SHu tariqa, 29 yoshli Ramazon Temirov faoliyatidagi yigirma ikkinchi jangini o'tkazdi. Endi uning hisobida 20 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat bor. 30 yashar Stiv Erceg esa bugun o'zining o'n to'qqizinchi jangida beshinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar