08 okt 07:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Ramazon Temirov UFC reytingidan chiqarildi
UFC tashkiloti so'nggi musobaqadan keyin vazn toifalari reytinglarida o'zgarishlarni amalga oshirdi.
Afsuski, o'ta engil vazn toifasida faoliyat olib boruvchi o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Ramazon Temirov reytingni tark etdi. U 14-pog'onani egallab turgandi.
Avvalroq, Combat Sports Anti-Doping (CSAD) tashkiloti Ramazonning 2026 yil iyul oyiga qadar janglardan chetlatilgani haqida xabar bergandi.
Malumot o'rnida, qashqadaryolik sportchi UFC'da hozirgacha 2 ta jang o'tkazib, har ikkisida g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : ufc.com
Fikrlar