So’nggi yangiliklar

19:07"Даража борасидан ундан кучлиман". Стивенсон Ломаченкони қўрқоқликда айблади 0 18:45Фьюри Усикни ҳурмат қиладими? Боксчи жавоб берди 0 18:24"Реал" яқин орада Карвахаль билан янги шартнома имзоламоқчи 0 18:01Фьюрининг отаси нима учун Усикнинг жамоадошига зарба берганини айтди 0 17:39Андрей Рублёв Римда 109-ракеткага ютқазди 0 17:17Нурсултон Рўзибоевнинг Хоакин Баклига қарши жангидан қанча гонорар ишлаб олгани маълум бўлди 0 16:55"Бавария" АПЛдан 60 миллион евролик трансферни амалга оширмоқчи 0 16:32Фьюри Кличко ва Усикни таққослади 0 16:10Магнус Карлсен кетма-кет еттинчи турнирда ғалабага эришди 0 15:47Майк Тайсон Усик-Фьюри жангига тахмин билдирди 0 15:24"Ал Иттиход" ёзда тер Штегенни сотиб олмоқчи 0 15:01Ломаченко Хейнига учралган мағлубиятдан сўнг фаолиятини якунлашни истаганини айтди 0 14:39Мураббий: "Порье Махачевни мағлуб эта олади" 0 14:17Тайсон ва Пол илк бор юзма-юз келди (ВИДЕО) 1 13:53"Реал" етакчиси МЛС клубларидан таклиф олди 0

25 okt 19:46
Yangiliklar

Boks/MMA

Ramzan Qodirov Lobov - Tuxugov jangini tashkil qilmoqchi

Teglar :  QodirovLobovTuxugov
CHecheniston Respublikasi Prezidenti Ramzan Qodirov rossiya-irlandiyalik UFC sportchisi Artyom Lobov hamda chechenistonlik Zubayra Tuxugov o'rtasida jang tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Lobov garchi rossiyalik sportchi bo'lsada, hozirda Konor Makgregor bilan bir klubda mashg'ulot o'tkazmoqda. Yani, u irlandiyalik sobiq jahon chempionining jamoadoshi hisoblanadi. 

Yodingizda bo'lsa, Tuxugov yaqinda Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor o'rtasidagi jang yakunlanishi bilan oktagonga yugurib chiqib, irlanliyalik sportchini kaltaklashga uringandi. O'shandan keyin Lobov Tuxugovni jangga chorlagan edi.  

“Biz bunday chorlovlarni bajonidil qabul qilamiz. Agar Zubayra Tuxugov va Artyom Lobov o'rtasidagi jangni UFC doirasida tashkil qila olmasak, u holda istalgan yakkakurash maydonchasida bahsni o'tkazishga tayyormiz. 

Biz jangni yuqori saviyada o'tkazamiz va Artyomga yaxshigina gonorarni kafolatlaymiz. Hamma gap uning o'zida qoldi. O'ylaymanki, Lobov bu gaplarni shunchaki keng ommaga maqtanib qo'yish, shov-shuv ko'tarish uchun aytmagan”, - dedi Qodirov. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing