09 sen 11:43
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/133403_220.jpg)
Raqibini 50 soniyada mag'lub etgan Xizriev UFC jangchisiga aylandi
Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan rossiyanin Aliasxab Xizriev Dana White’s Contenders Series (DWCS) turnirida oktagonga ko'tarildi.
AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o'tgan turnir doirasida dog'istonlik jangchi Enrike SHidjemotoni parter holatida 50 soniyada mag'lubiyatga uchratdi.
Turnir yakunida shaxsan UFC prezidenti Dena Uayt rossiyalik bilan shartnoma imzolashini aytdi: "Bundan ham ideal jang o'tkazishning imkoni yo'q edi. Nimadir qo'shishning o'zi ortiqcha".
"Men uchun UFC bilan shartnoma imzolash katta sharaf. Intiqlik bilan debyut jangini kutaman. Yangi g'alabalar sari intilishda davom etaman", — dedi Xizriev.
Havola :
Fikrlar