10 jan 07:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman: 12 fevral kuni Londonda Deniel Jeykobs - Jon Rayder jangi o'tkaziladi
Tashkilotchilar tomonidan yana bir ajoyib jang anons qilindi.
"Matchroom Boxing" promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn o'rta vaznda sobiq jahon chempioni amerikalik Deniel Jeykobs hamda britaniyalik Jon Rayder jangi 12 fevral oqshomida London shahrida bo'lib o'tishini elon qildi.
Eslatib o'tamiz, Jeykobs so'nggi jangini 2020 yilning noyabrida Gabriel Rosadoga qarshi o'tkazgan edi. O'sha jangda Jeykobs hakamlarning umumiy qaroriga ko'ra g'alaba qozongandi. Rayder esa so'nggi jangini o'tgan yil sentyabr oyida slovakiyalik Jozef Jurkoga qarshi o'tkazgan va jangning 5-raundida texnik nokaut evaziga g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : instagram.com/eddiehearn
Fikrlar