28 may 11:57
Yangiliklar
Rasman! 16 iyul kungi UFC turnirining markaziy jangi tasdiqlandi
Amerikalik 30 yoshli Brayan Ortega hamda meksikalik Yair Rodriges o'rtasidagi jang 16 iyul kuni AQSHning Nyu-York shtati Long-Aylend shaharchasida bo'lib o'tadi. Aynan ushbu jang UFC Fight Night turnirining markaziy to'qnashuvi bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Brayan Ortega so'nggi jangini 2021 yilning sentyabr oyida promoushen chempioni Aleksandr Volkanovskiga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy bergan edi. Brayan 18 ta jangining 15 tasida g'alaba qozongan. Hisobida ikkita mag'lubiyat bor, yana bir jang o'tkazilmagan deb topilgan edi.
Yair Rodriges esa MMAdagi faoliyati davomida 17 ta jang o'tkazgan bo'lib, 13 g'alaba va 3 mag'lubiyat qayd etgan. Ortega singari bitta jangi o'tkazilmagan deb topilgandi. So'nggi jangida Maks Xolloueyga yutqazgan.
Fikrlar