07 mar 13:45
Yangiliklar

Rasman. Abdumalik Xalokov WBC'ning Riyadh Season bilan hamkorlikdagi boks musobaqasida ishtirok etadi
Xalokov gran-prining yarim engil vazn toifasidagi bellashuvlarida ishtirok etadi.
"WBC turnirida qatnashadigan bo'ldim. 5 ta jang WBC kamari uchun bo'lib o'tadi. In SHa Alloh, WBC kamarini O'zbekistonga olib kelishga harakat qilaman", deb yozgan Abdumalik o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Malumot uchun, Musobaqa doirasida to'rtta vazn toifasida jami 128 nafar bokschi qatnashadi. Turnir yarim engil, birinchi yarim o'rta, o'rta va superog'ir vazn toifasida o'tkaziladi. Janglar 1/16 finaldan boshlanadi va 6 raunddan iborat bo'ladi. Final janglari esa 8 raundlik bo'ladi.
Janglarda 26 yoshdan kichik bo'lgan bokschilar qatnashadi. Ular prof boksda 15 tadan ko'p jangda qatnashmagan bo'lishi kerak. Bokschilar WADA protokoli bo'yicha tasodifiy doping testidan o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, 24 yoshli Abdumalik Xalokov 27 fevral kuni Ispaniyaning Sevilya shahrida tashkil etilgan prof boks oqshomi doirasida Venesuela vakili Marlembron Akunyani texnik nokaut orqali mag'lub etib, prof boksdagi ikkinchi jangida ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritgan edi.
Fikrlar