27 sen 14:27
Yangiliklar
Rasman. Adonis Stivenson - Aleksandr Gvozdik jangi sanasi malum!
Oqshomning markaziy jangida yarim og'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Adonis Stivenson rasmiy davogar ukrainalik Aleksandr Gvozdikka qarshi ringga ko'tariladi. Har ikki bokschining promouterlari bu borada kelishib olishdi.
“Ko'pchilik 1 dekabr kuni chempionlik vakolatimni topshirishimni taxmin qilmoqda. Ha, tan olaman, havaskor boksda Olimpiada sovrindori bo'lgan raqibim ham kuchli. Lekin men o'sha kuni yarim og'ir vazn toifasida hamon kuchli bokschi ekanligimni isbotlayman. Sizlarni uyaltirib qo'ymayman va nokaut evaziga g'alaba qozonaman”, - dedi 41 yoshli Stivenson.
O'z o'rnida ukrainalik 31 yoshli Gvozdik ham bo'lajak chempionlik jangiga tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Gvozdik taniqli murabbiy Teddi Atlas qo'l ostida mashg'ulotlarni olib bormoqda. Ukrainalik bokschining promouterlari Atlas bilan shartnoma imzolashdi.
Fikrlar