21 sen 13:24
Yangiliklar
Boks/MMA
Rasman: Aleks Pereyra Irji Proxazkaga qarshi jang qiladi
Irji Proxazka va Aleks Pereyra UFCning yarimog'ir vazn toifasi tituli uchun kurash olib borishadi.
Bu haqda Dana Uayt xabar berdi. Proxazka va Pereyra jangi 12 noyabr kuni Nyu-Yorkda UFC 295 turnirining co-main event jangi bo'ladi.
Proxazka - yarimog'ir vazn toifasidagi sobiq chempion hisoblanadi. Biroq u jarohati sababli 2022 yil oxirida sovrindan voz kechgandi.
Pereyra esa o'rta vazndagi sobiq chempion. 2023 yil yozida u Yan Blaxovichni mag'lub qildi va 93 kg vazn toifasiga muvaffaqiyatli ko'tarildi.
Havola :
Manba : UFC Russia
Fikrlar