20 iyu 09:35
Yangiliklar
Boks/MMA
Rasman: Aleksandr Usik - Entoni Joshua revansh jangi sanasi va manzili malum + POSTER
Nihoyat, Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi superog'ir vazn toifasidagi eng kutilgan revansh jangi sanasini rasman elon qildi.
WBA Super, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni, ukrainalik 35 yoshli Aleksandr Usik (19-0, 13 KO) hamda britaniyalik 32 yoshli Entoni Joshua (24-2, 22 KO) o'rtasidagi jang 20 avgust kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, bokschilar o'rtasidagi ilk jang sentyabr oyida Buyuk Britaniyaning Tottenxem shahrida o'tkazilgan bo'lib, Usikning kutilmagan g'alabasi bilan yakunlangan edi. O'shanda hakamlar 117-112, 115-113, 116-112 hisobidagi g'alabani ukrainalik bokschiga taqdim etishgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar