20 fev 11:12
Yangiliklar

Rasman: CHempion Valentina SHevchenkoning jangi tasdiqlandi + POSTER
11 may kuni Kanadaning Monreal shahri mezbonlik qiladigan UFC 315 turniri kardidan ikkita chempionlik jangi o'rin oldi. Asosiy jangda yarimo'rta vazn toifasi chempioni Belal Muhammad o'z kamarini reytingda to'rtinchi o'rinni egallab turgan Jek Della Maddalenadan himoya qiladi.
Oqshomning co-main event jangida o'ta engil vazn toifasida UFC chempioni Valentina SHevchenko divizion reytingida ikkinchi pog'onadan joy olgan franciyalik Manon Fioroga qarshi oktagonga chiqadi. UFC bosslari har ikki chempionlik jangini rasman tasdiqlashdi.
Eslatib o'tamiz, SHevchenko so'nggi jangini o'tgan yilning sentyabr oyida UFC 306 turnirida meksikalik Aleksa Grassoga qarshi o'tkazib, kamarini qaytarib olgandi.
Fikrlar