07 jan 13:04
Yangiliklar
Rasman! Eddi Xirn Entoni Joshua - Frensis Ngannu jangini tasdiqladi
Britaniyalik taniqli promouter Eddi Xirn ushbu jangning o'tkazilishini rasman tasdiqladi.
"Kecha kechqurun muzokaralarning yakuniy bosqichi o'tkazildi va hozir bemalol ushbu superjangning o'tkazilishini rasman elon qilishimiz mumkin. Entoni Joshua va Frensis Ngannu mart oyida Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahridagi ajoyib boks oqshomida to'qnash kelishadi. Ushbu turnirga bag'ishlangan ilk matbuot anjumani 15 yanvar kuni London shahrida bo'lib o'tadi. Yaqin kunlarda shartnomaning to'liq detallari bilan tanishishingiz mumkin bo'ladi", – deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida xabar yozib qoldirgan Xirn.
Eslatib o'tamiz, Joshua - Ngannu jangi boks qoidalari asosida tashkil etiladi. Frensis 2023 yilning oktyabr oyida boksda debyut qilgan va amaldagi WBC chempioni Tayson Fyuriga ochkolar hisobiga ko'ra yutqazib qo'ygandi. Kamerunlik aralash yakkakurash ustasi nomdor raqibini nokdaun holatiga ham tushirib qo'ygandi. Lekin yakunda hakamlarning ayri qarori bilan g'alaba Fyuriga taqdim etilgan edi.
Fikrlar