18 sen 12:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman: Fergyuson va Pore Xabib - Getji oqshomida jang qilmaydi
UFC prezidenti Dena Uayt Toni Fergyusonni UFC 254 turniri qatnashchilari ro'yxatidan o'chirdi.
Bu haqida Uayt Kanadaning TSN kanaliga bergan intervyusida malum qildi.
"Biz Xabib - Jastin to'qnashuvining anderkardida Toni Fergyuson - Dastin Pore jangini tashkil etmoqchi bo'lgandik. Buning uchun astoydil harakat qildik. Men ularning ortidan yalinib yurmoqchi emasman. Tonini ham, Dastinni ham UFC 254 turnirida ko'rmaysiz.
Men yakshanba kuni tonggi soat 6 da "Janglar oroli"ga jo'nayman. Menga haqiqiy jangchilar kerak. Qo'ng'iroq qilib, jang taklif etaman. Xohishi bor jangchi bilan ishlayman. Qolganlarni majburlamayman. Bugun biz sobiq Bellator chempioni Maykl CHendler bilan shartnoma imzoladik. Aynan u Xabib - Getji jangi uchun zaxira varianti bo'ladi", - dedi UFC prezidenti.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar