13 sen 11:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman! Gegard Musasi – Duglas Lima chempionlik jangi tasdiqlandi
AQSHning Ankasvill shahri 29 oktyabr kuni aralash yakkakurash qoidalari bo'yicha Bellator 250 turniriga mezbonlik qiladi.
Oqshomning markaziy jangi o'rta vazn toifasida Gegard Musasi va Duglas Lima o'rtasida o'tkaziladi. Jangchilar Bellator chempionlik kamari uchun oktagonga ko'tarilishadi.
Aslida o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamari Rafael Lovatoga tegishli edi. Lekin unda juda kam uchraydigan bosh miya kasalligi aniqlangani bois chempionlik kamari vakant, yani egasiz deya elon qilingandi.
Malumot uchun, Musasi avval ham o'rta vaznda Bellator chempioni bo'lgan. Lima esa o'tgan yili Rori Makdonaldni mag'lub etib, yarim o'rta vaznda Bellator Gran-prisi g'olibiga aylangan edi.
Havola :
Fikrlar