14 okt 11:55
Yangiliklar
Boks/MMA
Rasman. Israel Adesanya UFC'dagi faoliyatini bir muddatga to'xtatdi
O'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni, nigeriyalik Israel Adesanya UFC'dagi faoliyatini vaqtinchalik to'xtatishga qaror qildi.
"Men o'zimga etibor qaratish uchun vaqt ajrataman va uzoq vaqt jang qilmayman. Albatta, to'liq ketmoqchi emasman, chunki men o'zimning qandayligimni bilaman va shunchaki ketmayman. Men barchasini tuzatib ketaman. Hozircha meni uzoq vaqt davomida oktagonda ko'rolmaysiz", - dedi Adesanya TheRock nashri bilan podkastda.
Eslatib o'tamiz, Israel Adesanya UFC 293 turnirining markaziy jangida amerikalik SHon Striklendga qarshi jang qilib, mag'lub bo'lgan va o'z chempionlik kamaridan ayrilgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar