17 okt 10:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman: Joshua - Pulev jangi sanasi va manzili tasdiqdandi + POSTER
Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi superog'ir vazn toifasida uzoq kutilgan chempionlik jangi rasman tasdiqlanganini elon qildi.
WBA Super, WBO, IBF, IBO chempionlik kamarlari sohibi bo'lib turgan britaniyalik Entoni Joshua 12 dekabr kuni ringga ko'tariladi. U shu kuni o'zining IBF kamariga rasmiy davogar bolgariyalik Kubrat Pulevga qarshi jang o'tkazadi.
CHempionlik jangi Buyuk Britaniyaning London shahridagi "O2 Arena" stadionida bo'lib o'tadi. Arenaga qancha muxlis kiritilishi bo'yicha hozircha aniq malumot yo'q. Bu Pulevga chempionlik kamari uchun ikkinchi urinish bo'ladi. U bundan avval Vladimir Klichkoga yutqazgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar