20 apr 08:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman: Junto Nakatanining navbatdagi raqibi va jang sanasi elon qilindi
Top Rank promouterlik kompaniyasi eng engil vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Junto Nakatani (30-0, 23 KO) hamda IBF chempioni Ryosuke Nishida (10-0, 2 KO) o'rtasidagi jangni elon qildi.
Birlashtiruvchi chempionlik jangi 8 iyun kuni Yaponiyaning Tokio shahrida bo'lib o'tadi.
Bu Yaponiyaning amaldagi chempionlari o'rtasida tarixdagi to'rtinchi birlashtiruvchi jang bo'ladi.
Nakatani so'nggi jangini o'tgan yilning fevral oyida Alexandro Santyagoga qarshi o'tkazib, muddatidan oldin mag'lub etgan edi.
Avvalroq, Junto Nakataning 2026 yilda hamyurti Naoya Inoue bilan to'qnash kelishi aytilgandi. Inoue sentyabr oyida o'z kamarlarini o'zbekistonlik Murodjon Ahmadalievdan himoya qilishga urinib ko'radi.
Havola :
Manba : Top Rank
Fikrlar