13 sen 10:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman! "Kovboy"ning navbatdagi jang sanasi va raqibi malum + POSTER
Engil vaznda UFC chempionlik kamariga sobiq davogar Donald Serrone rasman o'zining navbatdagi raqibi va jang sanasini bilib oldi.
SHu yil 19 yanvar kuni Konor Makgregorga jangning 40-soniyasidayoq mag'lub bo'lgan Serrone 19 sentyabr kuni Niko Praysga qarshi oktagonga ko'tariladi. Jang yarim o'rta vazn toifasida bo'lib o'tadi.
19 sentyabr kungi UFC Fight Night 178 turniriga AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahri mezbonlik qiladi. Serrone bundan avvalgi ketma-ket to'rtta jangida mag'lubiyat alamini totib ko'rgandi. Prays esa may oyida uchinchi raundda texnik nokaut evaziga Visente Lyukega imkoniyatni boy bergan edi.
Havola :
Fikrlar