01 dek 16:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman. Matchroom Teremoana bilan shartnoma imzoladi, u Murodjon Ahmadaliev bilan bir oqshomda jang qiladi
Avvalroq xabar berganimizdek, Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi superog'ir vazn toifasida avstraliyalik bokschi Teremoana Junior bilan shartnoma imzoladi.
Sidneyda tug'ilgan 26 yoshli bokschi yangi tashkilot bilan hamkorlikdagi ilk jangini 14 dekabr kuni Monte-Karloda tashkil etiladigan boks oqshomi doirasida o'tkazadi. Unga kim raqiblik qilishi hozircha nomalum.
Malumot o'rnida, Junior 2020-2022 yillar davomida professional ringda to'rtta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan.
U havaskor boksdagi kichik faoliyati davomida o'zbekistonlik ikki karra Olimpiya o'yinlari chempioni Bahodir Jalolov bilan ikki bor to'qnash kelgan va har ikki jangda mag'lub bo'lgan.
Monte-Karloda o'tkaziladigan boks oqshomining ikkinchi asosiy jangida hamyurtimiz, Matchroom bilan hamkorlikdagi sobiq Jahon chempioni Murodjon Ahmadaliev ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : MatchroomBoxing
Fikrlar