18 okt 08:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman. Menni Pakyao navbatdagi raqibini elon qildi
Sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni Menni Pakyao navbatdagi jangini kimga qarshi o'tkazishini rasman oshkor qildi.
Filippinlik jahon chempionining raqibi amerikalik Edrien Broner bo'ladi.
“Broner, ha, Edrien Broner. Jang 12 yoki 19 yanvar kuni bo'lib o'tadi”, - deya Pakyaoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda BoxingScene.
Eslatib o'tamiz, Pakyao amerikalik Floyd Meyvezerga qarshi revansh jangi o'tkazishni rejalashtirgandi. Lekin Floydga hozir ko'proq UFC chempioni rossiyalik Xabib Nurmagomedovga qarshi jang o'tkazishga qiziqroq ko'rinmoqda.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar