23 iyu 07:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman: Merab Dvalishvili navbatdagi himoya jangini kimga qarshi o'tkazishi malum
UFC'ning eng engil vazn toifasi chempioni Merab Dvalishvilining navbatdagi raqibi va jang sanasi aniq bo'ldi.
Unga ko'ra, gruziyalik chempion navbatdagi jangini 4 oktyabr kuni Las-Vegasda o'tkaziladigan UFC 320 turniri doirasida Kori Sendxagenga qarshi o'tkazadi.
Bahs turnirning co-main event jangi bo'ladi. Markaziy jangda Magomed Ankalaev va Aleks Pereyra to'qnash keladi.
Merab Dvalishvili so'nggi jangini iyun oyida SHon O'Melliga qarshi o'tkazib, raqibini 3-raundda muddatidan oldin mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : UFC Eurasia
Fikrlar