07 iyu 11:59
Yangiliklar
Rasman! Murat Gassievning raqibi elon qilindi
Rossiyalik bokschi germaniyalik Piter Kadiriga qarshi ringga ko'tariladi. Piter safdan chiqqan franciyalik Toni Yokani almashtirishga rozilik bergan. CHempionlik jangi 11 iyul kuni Moskva shahridagi "VTB Arena"da bo'lib o'tadi.
29 yoshli Piter Kadiru 2022 yilda Markos Antonio Aumadega 56 soniyadayoq nokaut bilan mag'lub bo'lganidan so'ng o'z mavqeini tikladi va hozirda to'qqizta g'alabali seriyada kelmoqda. So'nggi jangda tajribali Senad Gashini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. Ijobiy natijalarga qaramay, olmon bokschisi to'rtta etakchi boks tashkiloti reytingining Top-15`taligiga kirmaydi.
O'tgan yilning dekabr oyida Kubrat Pulevga qarshi jangda WBA Regular kamarini qo'lga kiritgan 32 yoshli Murat Gassiev ukrainalik Aleksandr Usik barcha chempionlik unvonlarini boy berganidan so'ng to'laqonli chempion maqomiga ko'tarilgandi.

Fikrlar