12 sen 10:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman. Ruslan Abdullaevning navbatdagi raqibi, jang sanasi va manzili elon qilindi + POSTER
O'zbekistonlik professional bokschi, super engil vazn toifasida faoliyat olib borayotgan Ruslan Abdullaevning navbatdagi jangi haqida malumot berildi.
23 yashar hamyurtimiz hamkorlik qiluvchi Golden Boy promouterlik kompaniyasining malum qilishicha, Abdullaev 20 sentyabr kuni AQSHning Kaliforniya shtati, Indio shahridagi Fantasy Springs Resort Casino majmuasida o'tkaziladigan musobaqada ishtirok etadi.
Ruslan turnir doirasida Venesuela vakili, 34 yoshli Grimardi Machuka bilan to'qnash keladi.
Havaskor boksda jahon chempioni hisoblangan Ruslan Abdullaev prof boksda hozircha 2 ta jang o'tkazib, har ikkisida g'alaba qozongan. Machuka hisobida esa 19 ta jangda qo'lga kiritilgan 17 g'alaba va 2 mag'lubiyat bor.
Malumot o'rnida, oqshomning markaziy jangi Oskar Kollazo va Jeyson Vayson o'rtasida kechadi.
Havola :
Manba : Golden Boy
Fikrlar