04 iyu 13:01
Yangiliklar
Rasman. SHohjahon Ergashev Jukembaev emas, SHahram G'iyosovning sobiq raqibi bilan jang qiladigan bo'ldi + POSTER
Aslida, turnirning asosiy bahsida o'zbekistonlik professional bokschi, IBF kamari uchun sobiq davogar SHohjahon Ergashev Qozog'iston vakili Batir Jukembaevga qarshi ringga ko'tarilishi kerak edi.
Biroq Jukembaev bilan bog'liq sabablarga ko'ra ushbu jangni amalga oshirishga bo'lgan ikki urinish ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Endi uning o'rniga rossiyalik Mark Urvanov SHohjahon Ergashevga raqiblik qiladi.
Ergashev professional faoliyati davomida 28 ta jang o'tkazib, 26 g'alaba va 2 mag'lubiyat qayd etgan. Urvanov hisobida esa 26 ta g'alaba, 8 ta mag'lubiyat va 2 ta durang bor. U o'tgan yilning iyul oyida Xurshidbek Rasuljonov, noyabr oyida esa SHahram G'iyosov bilan jang qilib, har ikkisida mag'lubiyatga uchragan edi.

Fikrlar