23 iyu 19:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman! Tayson Fyuri 122 yillik futbol klubi homiysiga aylandi + FOTO
Superog'ir vaznda WBC chempioni Tayson Fyuri Lankashir grafligining "Morkam" professional futbol klubi rasmiy homiysiga aylandi.
Fyuri oilasi bilan 2008 yildan beri aynan Lankashirda istiqomat qilib kelyapti. Taysonga qarashli Gypsy King brendi logotipi asosiy tarkib futbolchilari libosida paydo bo'ladi.
Ushbu klub Angliya futbol ligasida ishtirok etadi. Bu Angliyada nufuzi jihatidan uchinchi liga hisoblanadi. "Morkam" klubiga 1920 yilda asos solingan bo'lib, o'tgan yili faoliyatida ilk bor ushbu liga ishtirokchisiga aylangan edi.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar