23 apr 09:07
Yangiliklar
Rasman: Toshkent para engil atletika bo'yicha JCH-2027`ga mezbonlik qiladi
Mazkur nufuzli musobaqa nafaqat O'zbekiston, balki Markaziy Osiyo hududida ilk bor o'tkaziladi.
Dunyo birinchiligi 2027 yilning iyun oyida poytaxtimizdagi "Olimpiya shaharchasi"da joylashgan "Olimpiya" stadionida bo'lib o'tadi.
Toshkent-2027 musobaqasi tartib bo'yicha XIII para engil atletika Jahon chempionati hisoblanadi. Ushbu musobaqa Osiyo qitasida beshinchi marotaba tashkil etiladi. Avvalgi mezbonlar qatorida Doxa (2015), Dubay (2019), Kobe (2024) hamda Nyu-Deli (2025) shaharlari bor.
Musobaqada 100 dan ortiq mamlakatdan taxminan 1 300 nafar sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Bu orqali ushbu Jahon chempionati Markaziy Osiyo mintaqasi tarixidagi eng yirik xalqaro para sport tadbiriga aylanadi. Musobaqa dasturi Paralimpiya o'yinlari dasturiga mos holda shakllantiriladi.

Fikrlar