16 jan 13:04
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/149434_220.jpg)
RASMAN! Uayt - Povetkin o'rtasidagi revansh sanasi malum + POSTER
Superog'ir vazn toifasida vaqtinchalik WBC kamari sohibi, rossiyalik Aleksandr Povetkin hamda britaniyalik Dillian Uayt o'rtasidagi revansh jangining qachon o'tkazilishi elon qilindi.
Jang avvalroq taxmin qilinganidek, 6 mart kuni bo'lib o'tadi. Hozircha revansh manzili borasida malumot berilmagan.
Eslatib o'tamiz, aslida revansh jangi o'tgan yilning noyabr oyida bo'lib o'tishi lozim edi, biroq o'shanda rossiyalik bokschining koronavirusga chalinganligi sababli to'qnashuv boshqa sanaga ko'chirilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar