22 dek 11:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman: Xolm - Ledd jangi UFC 235 doirasida o'tkaziladi
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xolli Xolm navbatdagi jangini Aspen Leddga qarshi o'tkazadigan bo'ldi.
Ushbu jang 2 mart kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida UFC 235 turniri doirasida o'tkazilishi rasman tasdiqlandi. Xolli Xolm o'zining so'nggi jangida Megan Andersonni mag'lub etgandi. Xolm hisobida 12ta g'alaba va 4ta mag'lubiyat bor.
Aspen Ledd esa engilmas jangchi hisoblanadi. Uning hisobida 8ta g'alaba bor. Ettita jangni muddatidan avval nokaut bilan yakunlagan. Aspen so'nggi jangida Toni Evindjerni nokautga uchratgan edi.
Havola :
Fikrlar