So’nggi yangiliklar

08:57Макаодаги UFC турнири иштирокчилари тарозига чиқди 0 08:36Иштирокчиларидан мухлислари машҳур бўлган Ўзбекистон чемпионати + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:15Расман! Пеп Гвардиола "Манчестер Сити" билан шартномасини узайтирди + ФОТО 0 07:54Prezident Kubogi. Икки Нодирбек ғалаба билан бошлади. Қолган шахматчиларимизда қандай натижа? + ФОТО 0 07:33Қайта тайинланган вазир иштирокидаги йиғилишда устувор вазифалар белгилаб олинди 0 07:12Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг илк куни 4 та вазнда ғолиблар аниқланди ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 19:10Ўзбекистонлик ҳакамлар ОЧЛ-2 доирасидаги баҳсни бошқаради 0 18:47Доғистон - Ирландия! Хабиб ва Конор PFL'да ўзаро тўқнаш келишадими? 0 18:24Усик Фьюри билан жанг ҳақида: "Бир ой қолди" 0 18:01Йўғе?! Жейк Пол акаси Логан билан жанг қилишга тайёрлигини айтди 0 17:39"Кимгадир ёқар лола, ким атиргул шайдоси". Дунё юлдузлари қайси жамоаларга мухлислик қилади? 0 17:17UFC 309 турнирида жанг қилган юлдузлар қанча муддатга тиббий дисквалификация олгани маълум 0 16:54Пол Тайсон билан жангда 90 миллион ишлаб олгани ҳақидаги миш-мишларга жавоб берди 0 16:25Катталар ўртасидаги Ўзбекистон чемпионатининг илк кунги саралаш баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:04Сан-Марино терма жамоаси ЖЧ-2026га йўл олиши мумкин. Қандай қилиб?! 0

25 noy 07:48
Yangiliklar

Tadbirlar

Ravshan Ermatov: Aholi salomatligi uchun barcha masul!

Teglar :  Ravshan Ermatov
Bugun mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, aholi salomatligini mustahkamlash masalasiga alohida etibor qaratilmoqda.

Hukumatimiz tomonidan jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etishning huquqiy mexanizmi yaratilmoqdaki, bu sohadagi ishlar samaradorligining ortishiga xizmat qiladi.

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga etiborning yanada ortishi natijasida 2017 yilda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi tashkil etildi. Keyinroq, 2018 yilning 5 martida Prezident farmoni bilan qo'mita Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga aylantirildi. O'tgan davr mobaynida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasini ommalashtirish va rivojlantirish, sport infratuzilmasini mustahkamlash, sohada malakali kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, qolaversa Olimpiya va milliy sport turlarini rivojlantirishga qaratilgan jami 14ta Prezident Farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 30dan ortiq qarorlari qabul qilindi. Bu mamlakatimizda sohaga bo'lgan etibor va munosabat tubdan o'zgarganligini anglatadi.

SHu munosabat bilan bugun O'zbekiston milliy matbuot markazida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov, vazirlik boshqarma boshliqlari Jamshid Hasanov va Umid Rajabov hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi direktori Ilhom Tursunaliev hamda matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

  • So'nggi bir yil ichida hukumatimiz tomonidan qabul qilingan hujjatlarning o'zi anchagina salmoqli, - dedi matbuot anjumanida ishtirok etgan R.Ermatov. – 2019 yil 4 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni imzolandi. Mazkur farmon bilan mamlakatda millionlar o'yini futbolni ommalashtirish maqsadida mahalla yoshlari o'rtasida «Mahallada futbol», «Futbolimiz kelajagi», «CHarm-to'p» futbol musobaqalarini muntazam o'tkazish tizimi yo'lga qo'yildi. SHuningdek, hududlar kesimida korxona va tashkilotlar, davlat muassasalari xodimlari o'rtasida «Bosh vazir kubogi», «Hokim kubogi», «Rahbar kubogi» kabi musobaqalarni keng qamrovda va muntazam tashkil etish yo'lga qo'yildi. Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda, yurtimizda birinchi bor milliy terma jamoalarimiz uchun zamonaviy, barcha qulayliklarga ega «O'quv-mashg'ulotlar Markazi»ni tashkil etish bo'yicha qaror qabul qilinib, uning loyihasi ishlab chiqildi. Xullas, ushbu farmon O'zbekistonda futbolni mutlaqo yangi bosqichga ko'tarilishiga xizmat qiladi.

SHuningdek, anjumanda 2020 yil 24 yanvarda «O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Prezident farmoni imzolangani takidlandi. Takidlash kerak, respublikamizda oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitaciyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini taminlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

SHu bilan birga, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog'lig'ini mustahkamlashga ko'maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo'yicha yuqori natijalarni taminlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish zarurati mavjud.

Mamlakatda yuksak madaniyatga ega bo'lgan har tomonlama etuk hamda jismonan sog'lom insonni shakllantirish maqsadida, aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yo'nalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (selekciya) jarayoniga innovacion shakllar va usullarni joriy etishga qaratilgan ushbu farmon O'zbekistonda soha rivojini yangi darajaga ko'tarilishini taminlab beradi.

2020 yil 30 oktyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan sohaga doir muhim hujjat, «Sog'lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmon imzolandi.

Ushbu farmonda sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, aholi o'rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, salomatlikni mustahkamlashga qaratilgan juda ham muhim jihatlar o'z aksini topgan. Xususan, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari va xodimlari, ularning oila azolarini ham jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishlarini taminlash, ular o'rtasida musobaqalar tashkil etish ko'zda tutilgan.

Respublikada aholi o'rtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishda – yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol, “Workout” (mahalla va ko'cha fitnesi) sportning ustuvor turlari etib belgilandi.

2021 yil 1 martga qadar aholini kunlik yurish va yugurishga targ'ib qilish maqsadida «Sog'lom turmush tarzi» (www.1hls.uz) platformasi yaratiladi. Platformada ro'yxatdan o'tganlar O'zbekiston hududida bir sutka davomida o'n ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi O'zbekiston Respublikasi fuqarosining platformadagi elektron hamyoniga 3 ming so'mdan, har oyda har bir tuman(shahar) bo'yicha eng ko'p yurgan shaxsga 300 ming so'mdan, har bir hudud bo'yicha eng ko'p yurgan shaxsga 500 ming so'm, respublika bo'yicha eng ko'p yurgan shaxsga 1 million so'm qo'shimcha ravishda platformadagi elektron hamyoniga o'tkaziladi. Bu ham yurtdoshlarimizni piyoda yurish va shu orqali sog'lom turmush tarziga oshno bo'lishida o'ziga xos omil bo'lib xizmat qiladi.

Farmonga muvofiq davlat organlari va tashkilotlarining ish kuni davomida ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlari bajarishi uchun ish vaqtiga kiritiladigan maxsus tanaffuslar belgilanadi. Bu borada O'zbekiston kasaba uyushmalari federaciyasi tomonidan amaliy harakatlar boshlab yuborilgan.

2021 yil 1 iyuldan boshlab, vazirlik, idora, korxona, tashkilot, mahalliy davlat hokimiyati organlarida faoliyat olib borayotgan rahbar va xodimlarning antropometrik ko'rsatkichlarini (semizlik darajasini, vazn indeksini), boshqa o'tkir kasalliklarni keskin kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash bo'yicha baholash mezonlarini ishlab chiqib, reyting asosida tahlil qilish hamda natijalarni onlayn kuzatib borish tizimi yo'lga qo'yilishi ham belgilangan.

Dunyodagi har bir millat va elat o'zining milliy sportini jahonga olib chiqish va eng nufuzli Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritishga intiladi. 2020 yil 4 noyabrda imzolangan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Qarorida Kurash sport turini Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritish vazifasi qo'yilgan.

SHuningdek, Qarorda aholining barcha qatlamlarini kurash bilan shug'ullanishga keng jalb qilish hamda O'zbekistonda kurashni umumxalq sport turiga aylantirish, kurash bilan shug'ullanish uchun zarur moddiy-texnik baza va infratuzilmani shakllantirish kabi muhim vazifalar belgilangan.

Qolaversa, O'zbek kurashi brendini yaratish, investiciyalarni jalb etgan holda yaktak sport kiyimlari va kurash gilamlarini ishlab chiqarish, kurashni tijoratlashtirish choralari ko'rilishi ham bayon etilgan.

Qarorga asosan kurashni yanada ommalashtirish va tizimli rivojlantirish, Evropa, Afrika va Panamerika qitaviy o'yinlari qatoriga rasman kiritish va xalqaro «GAISF — Global Association of International Sports Federations» tashkilotining etirofiga sazovor bo'lish, 2028 yilgacha Xalqaro olimpiya o'yinlari dasturiga kiritish maqsadida Kurash milliy sport turini 2025 yilgacha yangi bosqichga olib chiqish Koncepciyasi ishlab chiqildi.

Koncepciya O'zbekiston va xorijiy mamlakatlarda kurashni tizimli rivojlantirishning maqsadi, vazifalari, ustuvor yo'nalishlari, istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda kurashni rivojlantirish dasturlari va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

So'nggi yillarda ushbu sohada to'planib qolgan muammolarni bartaraf etish orqali kurashning jahondagi nufuzini yanada oshirish, barcha aholi qatlami, ayniqsa yoshlarning sog'lom turmush tarziga intilishlarini taminlash, ularni mardlik, sadoqat, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, milliy xalq o'yinlaridan jahon sport turiga aylangan kurashga nisbatan g'urur, iftixor va faxrlanish hissini uyg'otish Koncepciyaning asl mohiyatini belgilaydi.

SHuningdek, qaror ijrosi doirasida har ikki yilda o'tkaziladigan «Jahon kurash o'yinlari» («World Kurash games») yo'lga qo'yilib, xalqaro musobaqa muntazam o'tkazilishi taminlanadi.

2020 yil 3 noyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Qarori ham qabul qilindi. Mazkur qaror orqali O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg'ona filiali, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Sportchilarning texnik-taktik, psixofiziologik holatini o'rganish va tahlil qilish bo'yicha maxsus ilmiy laboratoriyasi negizida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti tashkil etiladi.

Bugun dunyoda sport sohasi juda ham taraqqiy etdi. To'g'ri, mashg'ulotlar olib borish jarayoni keskin farq qilmas, ammo har bir sportchining funkcional holati individual yondashuvni taqozo qiladi. Buning uchun esa kuchli ilmiy salohiyat zarur.

Ushbu qaror bilan 2020 yil 1 dekabrdan boshlab Universitet respublikadagi barcha jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat tashkilotlari hamda sport federaciyalari (uyushmalari) faoliyati ustidan o'quv va ilmiy-uslubiy rahbarlikni amalga oshirishi belgilab qo'yilgan.

Universitet huzurida jamoatchilik asosida doimiy faoliyat yuritadigan Respublika ilmiy-uslubiy kengashi tashkil etiladi. 2021 yildan boshlab har yili jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga va sohadagi muammolarning ilmiy echimini taminlashga qaratilgan loyihalar tanlovlari muntazam tashkil etiladi.

2021/2022 o'quv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent farmacevtika instituti va boshqa oliy talim muassasalarida sport tibbiyoti, farmakologiyasi, reabilitologiyasi, psixologiyasi va dietologiyasi mutaxassisliklari yo'lga qo'yiladi.

2020 yilning yakuniga qadar sport-talim muassasalari hamda sport turlari bo'yicha federaciyalar (uyushmalar) uchun bosma nashrlarni chop etish maqsadida Universitet qoshida «Jismoniy tarbiya va sport» nashriyoti va bosmaxona faoliyati yo'lga qo'yiladi.

SHuningdek, matbuot anjumanida jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan yana ko'plab savollarga javob olishdi.

So'zimizni muxtasar qiladigan bo'lsak, bugun hukumatimiz tomonidan soha rivoji uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Asosiy muammo, ularning ijrosini sifatli taminlashda. Agar ushbu farmon va qarorlarda belgilab berilgan vazifalar to'liq amalga oshirilsa, O'zbekiston hech bir mubolag'asiz dunyo sportida va aholining salomatlik darajasida jahonda etakchi o'rinlardan biriga ko'tariladi. Buning uchun esa barchamiz bahamjihat bo'lib harakat qilmog'imiz lozim.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing