30 okt 15:10
Yangiliklar
Jeyk Pol: "Jervonta Devisga qarshi jang oldidan qo'rqyapman"
"Bu mening ringdagi eng qiyin sinovim bo'lishi aniq. Uning ikkala qo'lida ham kuch bor. Jang oldidan har qachongidan ham ko'proq qo'rqyapman. Uning tezligi, mahorati, funkcional tayyorgarligi - Devis birinchi soniyadan so'nggi soniyagacha o'tkir bo'ladi. Ammo Jervontani nokautga uchratish uchun menda kuch va hujumkor arsenal borligiga ham ishonaman", - deya Polning so'zlarini keltiradi The Ring.
Eslatib o'tamiz, Pol - Devis jangi 15 noyabr kuni Mayami shahrida bo'lib o'tadi. O'zining so'nggi jangida Jeyk meksikalik Xulio Sezar CHavesni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgandi. Jang birinchi og'ir vazn toifasida o'tkaziladi. Engil vaznli Jervonta esa bahorda Lamont Rouch bilan durang natija qayd etgan edi.

Fikrlar