30 okt 16:18
Yangiliklar
Boks/MMA
"Yaxshi formadaman". 46 yoshli Menni Pakyao ringga qaytishga tayyorligini malum qildi
46 yoshli filippinlik sobiq jahon chempioni Menni Pakyao o'zining jismoniy holatidan mamnunligini bildirib, ringga qayta kirishga tayyorligini aytdi.
"Formam yaxshi, o'zimni alo darajada his qilyapman. Qaytishga tayyorman", — deya Pakyao so'zlarini TASS keltiradi.
Eslatib o'tamiz, Menni so'nggi bor WBC yo'nalishi bo'yicha yarim o'rta vaznda jahon chempioni unvoni uchun amerikalik Mario Barriosga qarshi jang qilib, ochkolar evaziga yutqazgandi.
Havola :
Manba : ТАСС
Fikrlar