08 okt 16:02
Yangiliklar

Rayan Garsiya - Jozef Diaz jangi sanasi kelishib olindi
Engil vazn toifasida sobiq WBC chempioni, 22 yoshli Rayan Garsiya va WBCning amaldagi vaqtinchalik chempioni Jozef Dias 27 noyabr kuni Los-Anjelesda jang qiladi, deb xabar beradi ESPN. Garsiya shu yilning yanvar oyida Lyuk Kempbellni mag'lubiyatga uchratgan edi. 28 yoshli Dias shu yilning iyul oyida Fortunani mag'lub etdi, shundan so'ng u darhol Garsiyaga qarshi jangga qiziqish bildirdi. Ikkala bokschi ham "Golden Boy Promotions" bilan ishlaydi.
«U Fortunaning ustidan g'alaba qozonganidan so'ng imkoniyatdan foydalanib, Diacni mag'lub etishga qaror qildim. Bu Fortuna bilan jangdan qo'rqqanim haqidagi gapga nuqta qo'yadi. Qayta ringga chiqib, to'xtagan joyimdan davom ettirishdan xursandman. Men ringni, jangni sog'indim», - deya Garciyaning so'zlarini keltiradi ESPN.
Dias, o'z navbatida, yosh Garsiyaning atrofidagi shov-shuvlarga nuqta qo'yishiga ishonch bildirdi.
«Men uni nokautga uchrataman va bu shov-shuvga barham beraman. Men unga haqiqiy jang nima ekanligini ko'rsataman. Nihoyat, uning jiddiy raqibi bo'ladi», - dedi Jozef.
Fikrlar