04 may 13:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Rayan Garsiya mag'lubiyatiga izoh berdi
WBC’ning engil vazndagi sobiq vaqtinchalik chempioni Rayan Garsiya Rolando Romero bilan bo'lgan jangdagi mag'lubiyatdan so'ng fikr bildirdi.
Nyu-Yorkdagi Fatal Fury turniri doirasida o'tkazilgan 12 raundlik bahsda Romero hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi.
"Nima bo'lmasin, barchasi uchun Yaratganga shukr. Bugun g'alaba qozona olmadim. Juda g'alati holatda turibman, chunki g'alaba uchun hamma narsani qilgandim. Bilasizlar, o'tgan yili hayotimda juda og'ir davr bo'lgandi. SHunday holatlardan so'ng jangga qaytish ko'pchilik uchun imkonsiz edi. SHu bois, buni o'zim uchun g'alaba deb hisoblayman. Rolli, tabriklayman! U katta yurakka ega va yaxshi inson. Unga eng yaxshi niyatlarimni tilayman", — deb yozdi Garsiya ijtimoiy tarmoqda.
Havola :
Manba : Boxing News
Fikrlar