07 fev 16:50
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/203392_220.jpg)
Rayan Garsiya: "Men qaytyapman"
Engil vazn toifasi vakili Rayan Garsiya 9 aprel kuni Emmanuel Tagoega qarshi ringga ko'tariladi.
U "Tvitter"dagi sahifasiga "Men qaytyapman. 9 aprel kuni DAZNda, San-Antoniodagi "Alamodom" arenasida ko'rishguncha" deya xabar yozib qoldirgan.
Eslatib o'tamiz, Rayan Garsiyaning so'nggi jangi 2021 yilning 2 yanvarida Lyuk Kempbelga qarshi bo'lib o'tgan va o'sha jangda u g'alaba qozongan edi. Ganalik Tagoe esa oxirgi marotaba 2020 yilning 27 noyabrida Meyson Menardga qarshi ringga ko'tarilib, muvaffaqiyatga erishgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar