13 fev 07:23
Yangiliklar
Rayan Garsiya murabbiyi bilan xayrlashdi
Engil vazn toifasidagi taniqli bokschi Rayan Garsiya murabbiyini almashtirdi. U 9 aprel kuni yangi ustozi qo'l ostida ilk jangini o'tkazadi.
Garsiya o'z qarorini ijtimoiy tarmoqlar orqali malum qildi:
"Bundan buyon men Xalqaro boks shon-sharaf zali azosi Jo Gussen hamda uning otasi Genri Garsiya bilan mashg'ulot o'tkazishimni mamnuniyat bilan elon qilaman. Jo o'z faoliyatida chempion bokschilar bilan bir necha o'n yillab muvaffaqiyatli ishlagan. Men o'smirligimda u bilan birga mashg'ulot qilganman va bizning munosbatlarimiz yaxshi. Men birgalikdagi sarguzashtlarimizni tezroq davom ettirishimizni intiqlik bilan kutyapman. Endi San-Diegodagi zalda mashg'ulot o'tkazaman. Maqsadim o'zgarmagan - jahon chempioni bo'lish".
Bokschi so'nggi 3,5 yilni birga o'tkazgan Reynosoga minnatdorchilik bildirdi:
"Men unga hammasi uchun rahmat aytmoqchiman. Eddi 2018 yildan beri mening burchagimda ishladi. Men undan ko'p narsani o'rgandim. Men shunchaki ring ichidagi mashg'ulotlar haqida gapirmayapman. Biz ajoyib do'stona munosabatlar o'rnatdik, buning uchun men undan hamisha minnatdorman. Butun jamoam nomidan Eddiga kelajakda ham xuddi shunday muvaffaqiyatlar tilayman".
Fikrlar