03 may 11:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Rayan Garsiya qaytganidan so'ng ilk jangini o'tkazib, mag'lubiyatga uchradi
Nyu-Yorkdagi "Times Square" arenasida professional boks oqshomi bo'lib o'tdi.
Ushbu turnir doirasida yarimengil vazn toifasidagi vakant bo'lib turgan WBA kamari uchun boks yulduzi Rayan Garsiya Rolando Romeroga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang to'liq 12 raund davom etdi va unda hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra Rolando Romero g'alabaga erishdi. Romero 2-raundda Garsiyani nokdaun holatiga ham tushirib qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, Rayan Garsiya doping bilan bog'liq muammolar sababli deyarli 1 yil jang qila olmagandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar