23 noy 08:43
Yangiliklar
Boks/MMA
Rayan Garsiya SHahram G'iyosovning vaznida WBC kamari uchun jang qiladi
Amerikalik prof bokschi Rayan Garsiya yarim o'rta vazn toifasida WBC chempionlik kamari uchun jang bo'yicha shartnoma imzoladi.
Uning raqibi vatandoshi, amaldagi WBC chempioni Mario Barrios bo'ladi.
"Men 21 fevral kuni Mario Barrios bilan to'laqonli WBC chempionligi uchun jang qilaman. Tayyor turing, men qaytyapman", deya o'z jangini elon qilgan Garsiya.
Malumot uchun, 27 yoshli Rayan Garsiya shu yilning may oyida Rolando Romeroga qarshi jang o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgandi.
30 yashar Barrios esa oxirgi jangini iyul oyida filippinlik afsona Menni Pakyaoga qarshi o'tkazib, durang qayd etgan edi.
Havola :
Manba : sport-express.ru
Fikrlar