06 mar 14:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Rayan Garsiya va Rolando Romero Nyu-York markazida ko'z urishtirishdi
Kelib chiqishi meksikalik, hozirda AQSH sharafini himoya qiluvchi Rayan Garsiya vatandoshi Rolando Romero bilan yuzma-yuz keldi.
Face to face marosimi Nyu-Yorkning Manxettenidagi "Tayms-skver"da bo'lib o'tdi. Bu ikki amerikalikning jangi 2 may kuni Nyu-York shahrida o'tkaziladi. Bokschilar yarimo'rta vazn toifasida WBA Regular kamari uchun ringga ko'tarilishadi.
Malumot uchun, Rayan Garsiya o'zining so'nggi jangini 2024 yilning aprelida engil vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni Devin Xeyniga qarshi o'tkazib, raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgandi. Ammo keyinchalik Garsiyaning doping uchun topshirgan test-tahlili ijobiy natija bergani uchun jang natijasi bekor qilingandi. Rolando Romero hisobida 16 g'alaba va 2 mag'lubiyat bor. G'alabalarining 13 tasini muddatidan oldin qo'lga kiritgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar