17 dek 18:09
Yangiliklar
Rayan Garsiyaning jangi bekor qilindi
U shu kuni Yaponiya poytaxtida RIZIN promousheni tomonidan tashkil etilayotgan turnirda mezbonlar vakili Ruki Anpoga qarshi ko'rgazmali maqomga ega jangda ringga chiqishi kerak edi. Jangning bekor qilinishiga jarohat sabab bo'ldi. Tashkilotchilar jangni 2025 yilning yanvar yoki fevral oyida o'tkazishni reja qilishyapti.
"Men so'nggi bir necha hafta mobaynida bu jangga Dallas shahrida astoydil tayyorgarlik ko'rayotgandim. Afsuski, mashg'ulot chog'ida qo'limni shikastlab oldim. Tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Los-Anjelesga qaytdim. SHifokorim jangni kechroq muddatga qoldirishimni so'radi. Muxlislardan uzr so'rayman. Qo'llab-quvvatlab turganingiz uchun rahmat. Ishoning, menchalik hech kim bu jangning qoldirilishidan iztirob chekmayapti", — dedi Garsiya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi murojaatida.
Tashkilotchilar noyabr oyining oxirlarida 26 yoshli Garsiya hamda 29 yashar Anponing 2 daqiqadan iborat 8 raundlik jangini rasman elon qilishgandi. Ushbu jang 69,4 kg vazn toifasida o'tkazilishi kerak edi.
Fikrlar