09 fev 16:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Rayan Garsiyaning raqibi o'zgardi, endi super jang guvohiga aylanamiz!
Avvalroq birinchi yarim o'rta vazn toifasida WBA chempioni, amerikalik Rayan Garsiya (24-1-0) 20 aprel kuni ringga chiqishi haqida xabar bergan edik.
Reja bo'yicha Garsiyaga 20 aprel kuni Rolando Romero raqiblik qilishi kerak edi. Biroq ESPN jurnalisti Mayk Koppinjerning xabar berishicha, Garsiya WBC kamari sohibi Devin Xeyni bilan jang qiladigan bo'ldi.
Malum bo'lishicha, har ikki bokschi jang uchun shartnomaga imzo chekib bo'lgan. Jang Las-Vegasda o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar