26 jan 14:23
Yangiliklar
Sport kurashlari

Razambek Jamalov Dubayda yulduz sportchi bilan uchrashdi + FOTO
Kecha Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida aralash yakka kurashlar bo'yicha PFL: Road to Dubai turniri bo'lib o'tgandi.
Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi safida Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o'yinlarida oltin medalni qo'lga kiritgan Razambek Jamalov ham turnirni arenadan kuzatib bordi.
U turnir payti erkin kurash afsonalaridan biri, ikki karra Olimpiya o'yinlari g'olibi, yurtdoshi Abdulrashid Sadulaev bilan ham uchrashdi.
Eslatib o'tamiz, PFL: Road to Dubai turniri doirasida o'zbekistonlik Mirafzal Axtamov Angliya vakili Mayk Tompson bilan jang qilib, ikkinchi raundda sabmishen orqali g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : instagram.com/zhamalov_razambek
Fikrlar