23 iyu 18:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Razambek Jamalov Maxachev va Carukyanni jangga chorlagan Barrouzga murojaat qildi
Amerikalik sportchi, erkin kurash afsonalaridan biri Jordan Barrouz Islam Maxachev va Arman Carukyan bilan bir oqshomda jang qilishi haqida gapirgandi.
"Menga bir oqshomda Islam va Armanni bering" deya RAF ligasida ular bilan jang qilishga tayyor ekanligini aytgandi.
Parij Olimpiadasi chempioni, O'zbekiston terma jamoasi azosi Razambek Jamalov esa Barrouzning bu chorloviga munosabat bildirdi:
"Nima uchun senga Islam yoki Arman kerak? Ular o'rniga men ham seni amallay olaman", - deb yozdi Jamalov instagramdagi sahifasida.

Havola :
Manba : instagram.com/zhamalov_razambek
Fikrlar