03 mar 16:40
Yangiliklar

Razambek Jamalov murabbiyi Buvaysar Saytievning vafotiga munosabat bildirdi
"Men sizni butun qalbim bilan yaxshi ko'raman, siz butun umr qalbimda qolasiz. Menga o'g'ildek munosabatda bo'lganingizni va menga qanday g'amxo'rlik qilganingizni his qilardim. Bunga ishonish juda qiyin, bu biz uchun katta yo'qotish, lekin barchasi Qodir Tangrining irodasidir. Alhamdulillah! Sizning chin dildan tavba qilganingni guvohi bo'ldim. Alhamdulillah. Inna Lillahi va Inna Ilayhi Rojiun", deb yozdi Jamalov.
Buvaysar Saytiev 11 mart kuni o'zining 50 yoshini qarshilardi. Saytiev Atlanta-1996, Afina-2004 hamda Pekin-2008 Olimpiya o'yinlarida chempion bo'lgan. Sportchilik faoliyatini 2009 yilda yakunlab, 2016 yilda Gosduma deputati etib saylangandi. Uning o'pka kasalligidan vafot etgani aytilmoqda. Buvaysarning kichik ukasi Adam Saytiev Sidney Olimpiadasi chempioni bo'lgan, ayni paytda esa Parij-2024 Olimpiadasi g'olibi Razambek Jamalovning shaxsiy murabbiyi hisoblanadi.
Fikrlar