12 avg 10:45
Yangiliklar
Sport kurashlari, Parij-2024
Razambek Jamalov: "Oltinim Rossiya, O'zbekiston, Dog'iston va CHecheniston uchun"
O'zbekiston terma jamoasi safida Parij-2024 Olimpiadasida oltin medalni qo'lga kiritgan asli dog'istonlik erkin kurashchi Razambek Jamalov (74 kg) musobaqadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"His-tuyg'ularga boyman. Balki buni hali to'liq anglab etmagandirman, lekin hozirgi ahvolimni tariflash qiyin. Bunchalik tez va oson tugashini kutmagandim. Yapon raqibimni uslubda ushlashga muvaffaq bo'ldim. Turnir davomida juda qiyin janglar bo'ldi, raqiblarimga bunday raqobat uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Har bir raqibim meni kuchliroq qildi, ularga katta rahmat. Musobaqaga Rossiya terma jamoasi kamlik qildi, ular bilan yaxshiroq bo'lar edi. Mening oltinim — Rossiya, O'zbekiston, Dog'iston va men bilan g'ururlangan CHecheniston uchun", dedi Jamalov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar