So’nggi yangiliklar

19:13Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди 0 18:52Бенавидеснинг мураббийи Бетербиевга қарши жанг ҳақида гапирди 0 18:24Хабиб Нурмагомедов Махачев учун ярим ўрта вазндаги рақибларни санади 0 18:03"Чимаевнинг Р4Р рейтингидаги ўрни — Топурия ва Махачевдан кейин" - Кормье 0 17:4316 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди 0 17:27"Оливейрани нокаут қила оламан" - Физиев 0 17:08Гандбол. ЖЧга йўл олгани айтилган терма жамоамиз дисквалификация қилиндими? 0 16:52Вилоят ижрочи директорлари Олимпия шаҳарчасини томоша қилишди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:25Тони Фергюсон: "Макгрегор мендан қўрққани учун жанг қилмади" 0 16:01"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади 0 15:39Рамазон Темиров UFC рейтингида пастлади 0 15:17Магомед Анкалаев қачон оғир вазнга ўтишини айтди 0 14:53Физиев: "Оливейранинг мухлислари менга мотивация беради" 0 14:32Cергей Фомин япониялик теннисчи олдида ожиз қолди 0 14:11МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи 0

12 avg 14:14
Yangiliklar

Sport kurashlari, Parij-2024

Razambek Jamalov o'zbekistonlik kurashchilar orasida Olimpiadalar doirasidagi o'ninchi medalga mualliflik qildi

Parij Olimpiadasi ham o'z nihoyasiga etdi.

Musobaqaning sport kurashlari bellashuvlari O'zbekiston uchun ham omadli, ham omadsiz o'tdi, deyish mumkin.

Omadli o'tganining sababi, unda ishtirok etgan sportchilarimiz 1 ta oltin va 1 ta bronza medaliga ega chiqdi. Omadsiz tarafi esa uch nafar kurashchimiz bronza medali uchun jang qilib, mag'lub bo'ldi.

Umuman olganda, Parij Olimpiadasida erkin kurashchilarimiz — G'ulomjon Abdullaev (57 kg) bronza medaliga ega chiqqan bo'lsa, Razambek Jamalovga (74 kg) teng keladigani topilmadi.

G'ulomjon Abdullaevning bronzasi o'zbek kurashchilarining Olimpiadada qo'lga kiritgan beshinchi bronza medaliga aylandi. Razambek Jamalovga qadar esa O'zbekiston terma jamoasi azolari Olimpiadalarda ikkita oltin medalga ega chiqqan edi (2004).

Sport kurashlarida shu kunga qadar medal qo'lga kiritgan sportchilarimiz ro'yxati:

Sidney-2000: 

Artur Taymazov (kumush).

Afina-2004: 

Artur Taymazov (oltin)

Aleksandr Dokturashvili (oltin)

Magomed A. Ibragimov (kumush).

Rio-2016:

Elmurat Tasmuratov (bronza)

Ixtiyor Navro'zov (bronza)

Magomed I. Ibragimov (bronza).

Tokio-2020:

Bekzod Abdurahmonov (bronza).

Parij-2024:

Razambek Jamalov (oltin)

G'ulomjon Abdullaev (bronza).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing