23 dek 15:53
Yangiliklar
Sport kurashlari
Razambek Jamalov Ramzan Kadirovning o'g'li tomonidan taqdirlandi (FOTO)
Kecha CHecheniston Respublikasi Sport vazirligida yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Xabar berganimizdek, tadbir doirasida erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi, Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari g'olibi Razambek Jamalov "Sport faxri" nominaciyasida g'olib deb topildi.
Unga mukofotni CHecheniston rahbari Ramzan Kadirovning o'g'li Axmat Kadirov topshirdi.
"Bugun CHecheniston Respublikasi Sport vazirligida mukofot oldim. "Sport faxri" nominaciyasida.
Mintaqa rahbari Ramzan Axmatovichga va Sport vazirligiga chuqur minnatdorligimni bildirmoqchiman. Bu mening say-harakatlarimning katta etirofidir", deb yozgan Jamalov o'zining Instagram sahifasida.




Havola :
Manba : instagram.com/zhamalov_razambek
O’xshash yangiliklar
11:11
Razambek Jamalov va G'ulomjon Abdullaev chempion, yana ikki erkin kurashchimiz ham shohsupada (FOTO) 0
Fikrlar